Bosh sahifaSIELTASIELTA
Hujjat

Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 29-sentabr

1. Kim uchun va nima haqida

Bu hujjat SIELTA platformasi (sielta.uz, keyingi o'rinlarda — «Platforma») foydalanuvchilarining shaxsiy ma'lumotlari qanday to'planishi, ishlatilishi va himoyalanishini tushuntiradi. Platformadan foydalanib, siz shu siyosatga rozilik bildirasiz. Savollar uchun: sieltaprep@gmail.com.

2. Qanday ma'lumot to'planadi

  • Hisob: email, ism, parol (faqat xeshlangan holda — parolingizni biz ham ko'ra olmaymiz), avatar, mamlakat va vaqt mintaqasi.
  • O'qish ma'lumotlari: imtihon maqsadlari va sanasi, test javoblari va natijalari, xatolar, lug'at kartochkalari, daftardagi eslatmalar, XP, streak va yutuqlar.
  • Lumo bilan suhbatlar: Lumo'ga yozgan xabarlaringiz va uning javoblari.
  • Ijtimoiy: do'stlar, klan a'zoligi va klan chatidagi xabarlar.
  • To'lovlar: tarif, summa, sana, buyurtma raqami va promokod. Karta ma'lumotlaringizni biz qabul qilmaymiz va saqlamaymiz: hozir to'lov kartadan kartaga o'tkazma orqali qilinadi, chek esa Telegram orqali adminga yuboriladi.
  • Bildirishnomalar: Telegram'ni ulasangiz — chat ID; brauzer bildirishnomasini yoqsangiz — shu brauzer obunasi.
  • Texnik: saytga oxirgi kirish vaqti va xatolar jurnali (xizmat ishlashini kuzatish uchun).

3. Nima uchun ishlatiladi

  • Hisobingizni yuritish va tizimga kirish;
  • kunlik reja, taxminiy ball va tahlilni hisoblash;
  • Lumo javoblarini natijalaringizga moslash;
  • reyting va klanlarni ko'rsatish (Sozlamalar → Maxfiylik orqali yashirish mumkin);
  • siz yoqqan bildirishnomalarni yuborish;
  • to'lovni tasdiqlash va Pro muddatini hisoblash.

Ma'lumotlaringizni reklama uchun sotmaymiz va uchinchi shaxslarga bermaymiz.

4. Kimga uzatiladi

Faqat xizmatni ishlatish uchun zarur bo'lgan hollarda:

  • AI xizmati (Groq): Lumo'ga yozgan savolingiz va kerakli kontekst (masalan, xato qilgan savolingiz) javob tayyorlash uchun yuboriladi.
  • Google: faqat «Google orqali kirish»dan foydalansangiz — kirishni tasdiqlash uchun.
  • Email xizmati (Resend): parolni tiklash va xizmat xatlarini yuborish uchun — faqat email manzilingiz.
  • Telegram: botni ulagan bo'lsangiz — xabarlarni yetkazish uchun.
  • Google Analytics: (yoqilgan bo'lsa) sahifalarga tashriflar statistikasi, shaxsni aniqlamasdan.

Qonun talab qilgan hollarda vakolatli davlat organlariga ma'lumot berilishi mumkin.

5. Saqlash va himoya

Sayt bilan aloqa HTTPS orqali shifrlanadi, parollar xeshlanadi, ma'lumotlar bazasi internetga ochiq emas. Ma'lumotlar hisobingiz mavjud ekan saqlanadi.

6. Sizning huquqlaringiz

  • Yuklab olish: Sozlamalar → Akkaunt → «JSON yuklab olish» — hisobingizdagi hamma narsa bitta faylda.
  • O'zgartirish: ism, maqsadlar va sozlamalarni istalgan vaqtda tahrirlashingiz mumkin.
  • O'chirish: Sozlamalar → Akkaunt → «Akkauntni o'chirish». Natijalar, xatolar, yutuqlar va suhbatlar o'chiriladi. To'lov yozuvlari qonun talab qilgan muddat davomida saqlanishi mumkin.
  • Ko'rinish: reytingda ko'rinish va ochiq profilni Sozlamalar → Maxfiylik'da o'chirasiz.

7. Voyaga yetmaganlar

Platformadan asosan maktab o'quvchilari foydalanadi. 16 yoshga to'lmagan bo'lsangiz, ro'yxatdan o'tish va to'lov qilishdan oldin ota-onangiz yoki vasiyingizning roziligini oling.

8. O'zgarishlar

Siyosat o'zgarsa, shu sahifadagi sana yangilanadi; muhim o'zgarishlar haqida platformada xabar beramiz. Shuningdek qarang: Foydalanish shartlari.