Math bo'limi
College Board e'lon qilgan domen ulushlari — mashq real imtihonning tarkibini takrorlaydi.
Har bir mavzu 5 darajaga bo'lingan: boshlang'ichdan pro darajagacha. Keyingi daraja avvalgisini yechganingizdan keyin ochiladi, shuning uchun mashq sizga og'irlik qiladigan joydan boshlanadi. Grid-in (javobni o'zingiz yozadigan) savollar ulushi ham real imtihonga yaqin — taxminan to'rtdan biri.
Reading & Writing bo'limi
Information & Ideas
Matndan xulosa chiqarish, dalil topish
Craft & Structure
So'z ma'nosi kontekstda, matn tuzilishi
Expression of Ideas
Bog'lovchilar, fikrni ifodalash
Standard English
Punktuatsiya, grammatika, moslik
Uch xil mashq formati

Mavzu mashqi
10 savol · 15 daqiqaBitta mavzuga qaratilgan. Nazariyani o'qib, keyin testni ishlaysiz. Har mavzu 5 darajaga bo'lingan.

Bo'lim testi
22 savol · 35 daqiqaReal Math modulining aynan o'zi — vaqt bilan, rasmiy domen ulushlari bo'yicha.

To'liq mock imtihon
4 modul · tanaffus bilanIkkinchi modul birinchisidan qiyinroq — haqiqiy adaptiv imtihondagidek.
Natijadan keyin nima bo'ladi
Mavzu kesimida tahlil
Qaysi domen cho'kayotgani aniqlik foizi bilan ko'rsatiladi — Algebra, Geometriya va boshqalar alohida.
Kunlik reja
Keyingi mashq aynan kuchsiz mavzuga qaratiladi. Reja imtihon sanangiz va kunlik vaqtingizga moslashadi.
Xatolar ustida ish
Noto'g'ri javoblar izohi bilan saqlanadi va tushunganingizni belgilamaguningizcha turadi.
Ball bashorati
Oxirgi natijalaringiz o'rtachasidan taxminiy ball — eng yaxshi natijadan emas, chunki u haqiqatdan yuqori chiqadi.
Ko'rsatiladigan taxminiy ball rasmiy ball emas. SAT ballari har bir variant uchun College Board tomonidan alohida shkalalanadi; bizniki yo'nalish uchun, kafolat sifatida emas.


